Massaj kreslosi qancha turadi?
Modellarimiz 10,7 mln so'mdan 85 mln so'mgacha. Xaridorlarning katta qismi 15–22 mln oralig'idagi modellarni tanlaydi — bu guruhda 20+ xil massaj rejimi, 150 kg gacha yuklama, Zero Gravity va termoterapiya mavjud.
Qaysi model menga mos?
Bu ota-onangizning vazni, bo'yi, asosiy shikoyati va xonangizdagi joyga bog'liq. Saytdagi to'rtta savolga javob bersangiz, mutaxassisimiz mos modelni aniqlab beradi.
Yetkazib berish qancha turadi?
Toshkent shahri bo'ylab yetkazib berish bepul — buyurtma tasdiqlangandan keyin 18 soat ichida yetkazamiz. Viloyatlarga ham yetkazamiz, muddati 2–3 ish kuni; narxi esa hudud va mahsulot og'irligiga qarab alohida hisoblanadi va mutaxassisimiz suhbatda aniq aytadi.
Kafolat bormi?
Ha. Modelga qarab 1 yilgacha rasmiy kafolat beriladi — qimmatroq modellarda muddat uzoqroq. Kafolat mahsulot sizga topshirilgan kundan boshlanadi va bepul servisni o'z ichiga oladi.
Mahsulot maqul kelmasa qaytarib bera olamanmi?
Ha. Mahsulot sizga mos kelmasa, o'sha kunning o'zida komissiyasiz qaytarib olamiz. Bu kafolat taloni doirasida rasmiylashtiriladi.
Bo'lib to'lash imkoniyati bormi?
Ha, bor — lekin bu har doim ham oson kechmaydi. Bo'lib to'lash uchun sizga bank yoki to'lov ilovasi tomonidan limit ajratilgan bo'lishi kerak, va uni masofadan, onlayn rasmiylashtirish ba'zan cho'zilib ketadi. Shuning uchun ko'pchilik mijozlarimiz to'liq to'lovni tanlaydi — bu ancha tez va muammosiz. Agar bo'lib to'lash sizga zarur bo'lsa, mutaxassisimizga ayting, imkoniyatni birga tekshiramiz.
Qanday to'lash mumkin?
Naqd pul, Uzcard va Humo kartalari, VISA va MasterCard, shuningdek CLICK va Payme orqali. Mahsulot yetkazib berilgandan keyin to'lash imkoniyati ham mavjud — avval ko'rasiz, keyin to'laysiz.
O'rnatib beriladimi va ishlatishni o'rgatishadimi?
Ha, ikkalasi ham xizmat narxiga kiradi. Mutaxassisimiz kresloni uyingizda o'rnatadi va ota-onangiz mustaqil ishlata olgunga qadar sodda tilda tushuntirib beradi.
Kreslo uyimda qancha joy egallaydi?
O'lcham modelga qarab farq qiladi. Ko'pchilik modellar orqa tomonda devorgacha bo'sh joy talab qilmaydigan tizimga ega. Aniq o'lchamni mutaxassis xonangizni hisobga olib aytadi — yuqoridagi "Massaj kresloni qayerga joylashtirish kerak?" videosida ham ko'rsatilgan.
Sinab ko'rsam bo'ladimi?
Albatta. Showroomimiz Toshkent, Nurofshon aylanma ko'chasi 94A manzilida, har kuni 09:00 dan 21:00 gacha ochiq. Kelib barcha modellarni sinab ko'rishingiz mumkin.
Ota-onam murakkab texnikani ishlata oladimi?
Ko'pchilik modellarda bitta tugma bilan ishga tushadigan tayyor dasturlar bor, ba'zi modellarda esa ovozli boshqaruv mavjud — pult ham, ekran ham kerak emas. Bundan tashqari o'rnatish paytida to'liq o'rgatib beramiz.